Ziyoda - Bevafo yor

Ziyoda

Bevafo yor

Baxtim topdim deb o`zimga,
Ishonardim chin so`zingga.
Nega aldab ketding meni,
Sig`madimmu yuragingga?

Tilagimda, yuragimda,
Hatto ko`rib tushlarimda,
O`ylab faqat seni, jonim,
Kechayu kunduzlarimda.

Bevafo yor, aldab meni,
Tirnading yuragimni.
Ishontirib sen so`zingga,
Bilmading sen qadrimni.

Sevgi nima, aytgin menga,
Bu azobmi, iztirob?
Jonimni bergandim senga,
Nega aldading, nega?

Ishonmasman men sevgiga,
Sevaman deb chin so`zingga,
Qiynamagin yuragimni,
Qaramasman hech ko`zingga.

Endi unutgin sen meni,
Sen bilan o`tgan damlarni.
Qaytib kelmagin yonimga,
Unut meni, unut meni.

Bevafo yor, aldab meni,
Tirnading yuragimni.
Ishontirib sen so`zingga,
Bilmading sen qadrimni.
Sevgi nima, aytgin menga,
Bu azobmi, iztirob?
Jonimni bergandim senga,
Nega aldading, nega? (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bevafo yor
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 27, 2017