Ziyoda – Bolajonim

Ziyoda

Bolajonim

Aytar menga sevishin
Bolam, qora ko`zlaring.
Dardimga darmon aytilgan
Sening shirin so`zlaring.

Aytar menga sevishin
O`g`lim, qora ko`zlaring.
Dardimga darmon aytilgan
Onam, degan so`zlaring.

Yuragim senga, xayolim senda,
Sen ham vafoli bo`l bizga.
Yuragim senga, xayolim senda,
O`g`lim, vafoli bo`l bizga.

Sen borsanki, men uchun
Yorug` ko`zimga dunyolar,
Faqat aytgin ne uchun, ne uchun
Shirinsan bunchalar?

Aytar menga sevishin
O`g`lim, qora ko`zlaring.
Dardimga darmon aytilgan
Dadam, degan so`zlaring.

Yuragim senga, xayolim senda,
Sen ham vafoli bo`l bizga.
Yuragim senga, xayolim senda,
O`g`lim, vafoli bo`l bizga. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bolajonim
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2017