• Ziyoda - Hali-hali

    Ziyoda

    Hali-hali

    Bu yurak halovati yo’q xastami,
    Bu yurak yongudek, hali ham payvastami?
    Bu yurak, u bir yonda xastami,
    Bu yurak haligidek hamon havasdami?

    Kun va tunlar almashadi asta,
    Sen nechundir hali ham mendan-da arazda.
    Tun bag’rida sog’inchlardan bedor,
    Meni kutib, dard yutib, ado bo’lding, ado.

    Ey yorim, bil, sen uchun
    Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor.
    Bu dil yonar sen uchun
    Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali. (x2)

    (Hali-hali… har zum… har tun… hali…
    Hali-hali… har zum… har kun… hali-hali bor.)

    Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi,
    Bu sevgi yongudek, ishq azobi dardmidi?
    Bu sevgi, shuncha sinov shartmidi,
    Bu sevgi haligidek, hijron dog’i dardmidi?

    Kundan-kunga yuragim shikasta,
    Xafa qilar yorim-ey, ayb kimda bilmasdan.
    Uchrashuvga chiqar edim, ammo
    Oliy hakam – vaqtim kam, bu juda muammo.

    (Hali-hali… hali-hali…
    Ey yorim, ey yorim…)

    Ey yorim, bil, sen uchun
    Har kunu har tun, har kunu har tun, hali-hali bor.
    Bu dil yonar sen uchun
    Har lahza, har zum, har lahza, har zum hali-hali. (x4)

    Ey yorim… har zum… har zum… har tun… hali-hali bor…
    Har zum… har zum… har tun… hali-hali bor…