• Ziyoda - Jim

    Ziyoda

    Jim

    Ishonishni bilmay qoldim so`zlaringga ham,
    Yakunlamay ketaverding, ko`zlarimda nam,
    Bir so`z keldi ketar damda qilgandan alam,
    Bevafo yo`q san kabi, so`z demagin, jim.

    Gaplaringga chidab mana, tirikman qara,
    Tiriklikda saning uchun o`likman qara,
    Uzrni sen mendan emas, o`zingdan so`ra,
    Bitta qalbning qotili, so`z demagin, jim.

    Jim, jim, jim, so`zlaringdan charchadim,
    Tim, tim, tim, esiz ko`z yoshlarim. (x2)

    Beti yo`q bezbetginam, ozgina uyal,
    Yo`qotilgan umrimga bu qalbim kuyar,
    Xatolarim bugun dilimni o`yar,
    Nima deb atay seni? Birozgina jim!

    Devor yaxshi sandan, gaplarim tinglar,
    Dardlarimni ko`rib, shu devor yig`lar,
    Sado chiqmas toshga aylanib qolgan,
    Toshyuragim, bugun tingla mani jim.

    Jim, jim, jim, so`zlaringdan charchadim,
    Tim, tim, tim, esiz ko`z yoshlarim. (x2)