Ziyoda - Nega

Ziyoda

Nega

Ko’z yoshlanar,
Yurak g’ashlanar alam bilan,
Dardlanar, ko’z yoshlanar.

Umrimiz o’tib borar,
Bilmaydimu odamlar?
Yurak ham to’lib-toshar,
Qiynaydi bu azoblar.

Shamol kabi uchib ketdi
Muhabbatim yuragimdan,
O’z do’stlarim kechib ketdi, hey,
Tark etmasdi keragimda.

Nega-nega bu dil dardlanar,
Nega bu ko’z yoshlanar?
Nega yurak g’ashlanar
Alam bilan? (x2)

Do’stlardan mehr kutib,
Afsus, takror aldandim.
Barchasin ichga yutib,
Haqiqatni axtardim.

G’iybatlashib ba’zilar
Mayli kulsin ustimdan,
Yaxshilikni endi men
Sira kutmam do’stimdan.

Nega-nega bu dil dardlanar,
Nega bu ko’z yoshlanar?
Nega yurak g’ashlanar
Alam bilan? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nega
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 16, 2014