• Ziyoda - Ohkim nomehribonim

    Ziyoda

    Ohkim nomehribonim

    Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
    Bir yo`li mehru vafo rasmini barbod ayladi. (x2)

    Qo`rqaram ahli vafo ohi anga qilg`ay jafo,
    Bu jafolarkim vafo ahlig`a bunyod ayladi.

    Bir dam ichra tund sayli qahr ila qildi xarob,
    Har vafo qasriki, yellar oni obod ayladi.

    Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,
    Bir yo`li mehru vafo rasmini barbod ayladi. (x2)

    Ko`ngli mulkin istar obod, vah buzar xayli firoq,
    To Navoiy azmi mulki Astrobod ayladi.

    Bo`lmadi noshod oxir dam gunah bo`lg`ay debon,
    Begunah ahbobni mundog`ki noshod ayladi.

    Dam urarg`a topmadi har kimsa to ushshoq uchun,
    Shahna aylab g`amzasin kirpikni jallod ayladi.

    Tindi abnoyi zamonning ixtilofi tab’idin,
    Qimki o`z tab’in bekaslikka mo`’tod ayladi.