Bojalar guruhi va Ziyoda - Otmagay tong (feat. Samandar Hamroqulov, Shukur Fazo, Kelajak ovozi)

Bojalar guruhi, Ziyoda

Otmagay tong

[Kelajak ovozi – Zuhra, Shahzoda, Nodira]
O`n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur-o, yor-ay.

Ey, dilbari janon,
O-o-oy, ko`p nozu itob etma-yey, yor-ay.

Kuyla dilkash, kuyla dilkash dutorim,
Kuyla dilkash, kuyla dilkash dutorim.

[Bojalar guruhi – Mo’min Oripov]
Yugurib-yugurib bo`larman hayron,
Jon, meniki bo`lmasang etarsan vayron.
Xayollarda kezarsan, bo`lmagin armon,
Sensiz, jonim, ahvolim yomon.

[Bojalar guruhi – Jahongir Poziljonov]
Hey, yugurib-yugurib bo`larman hayron,
Jonim, meniki bo`lmasang etarsan vayron.
Xayollarda kezarsan, bo`lmagin armon,
Sensiz, jonim, mani ahvolim yomon-ey.

[Kelajak ovozi – Zuhra, Shahzoda, Nodira]
Otmagay tong bog` aro azming xiromon bo`lmasa, {x2}
Bulbuli shaydolaring gulshanda nolon bo`lmasa. {x2}

[Shukur (Fazo guruhi)]
Qaydin ishq o`tig`a da’vo aylasun parvonalar,
[Birga]
Parpirab bag`rim yoquvchi sham`i janon bo`lmasa. {x2}

[Bojalar guruhi – Mo’min Oripov]
Jonim, seni uzoq izlab topolmadim,
Nozik-nihol qo`llaringdan tutolmadim,
Mayin kokil sochlaringni silolmadim,
Baxtli bo`la olarmikinman, bila olmadim.

[Bojalar guruhi – Jahongir Poziljonov]
Jonim, seni uzoq izlab topolmadim,
Nozik-nihol qo`llaringdan qucholmadim,
Qirq kokil sochlaringni silolmadim,
Baxtli bo`larmikinman, bilolmadim, dod-ay.

[Ziyoda]
Shamidek kuygay hamisha jismi jonim, men netay, {x2}

[Samandar Hamroqulov]
Sanchaber so`zdin tikonlar ko`ksima, ey g`unchalab,
[Birga]
Ne qilay bu jonnikim, yo`lingda qurbon bo`lmasa. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otmagay tong
Xonanda:
Bojalar guruhi, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2016