• Ziyoda - O'zbekiston (Vatan)

    Ziyoda

    O’zbekiston

    O`zga yurtda shoh bo`l desalar,
    O`z yurtimda gado bo`laman.
    Jonim chiqar kunga qadar
    O`z yurtimga fido bo`laman.

    Vatan, sendan gar yiroq bo`lsam,
    Erta qolmay bugun so`laman.
    Kerak bo`lsa so`ra jonimni,
    Sen bo`lmasang ado bo`laman.

    Jon O`zbekiston,
    Bobolarim yotgan makonim.
    Jon O`zbekiston,
    O`zing mening gulu gulzorim. (x2)

    O`tayotgan har kuningni
    Tinchligiga shukur qil.
    Atrofga boq, qiyoslagin,
    Bu Vatanning qadrin bil.

    Vatan borki buguning bor,
    Vatan borki ertamiz.
    Vatan bizning otamizdir,
    Vatan bizning onamiz.

    Jon O`zbekiston,
    Bobolarim yotgan makonim.
    Jon O`zbekiston,
    O`zing mening gulu gulzorim. (x4)