Ziyoda - Sevgi ko'chasi

Ziyoda

Sevgi ko’chasi

Sevgimizning ko’chasida…
O’sha ko’chada san bilan…

Sevgimizning ko’chasida
Mazza qilib yuramiz,
O’sha ko’chada san bilan
Baxtdan uylar quramiz. (x2)

Ko’ngli bo’sh demagin,
Qizg’onaman, rashkim bor.
Bag’ri tosh, demagin,
Shu tosh bag’rim sanga zor.

O’zgalarga ko’z suzib,
Yurma rishtamiz uzib.
Sevib qolsang kimnidir,
Boraman tinching buzib.

Sevgimizning ko’chasida
Mazza qilib yuramiz,
O’sha ko’chada san bilan
Baxtdan uylar quramiz. (x2)

Kerak bo’lsa, san uchun
Oyni olib beraman.
Bu xos emas qizlarga,
Lekin shuni qilaman.

Voy-voy, jonim, deb
Alda mani borim, deb.
Oy-oy, oyim, deb,
Yashay man ham sani deb.

Sevgimizning ko’chasida
Mazza qilib yuramiz,
O’sha ko’chada san bilan
Baxtdan uylar quramiz. (x2)

Sog’indim, kel maning yonimga, oy,
Sog’indim, bo’l oro jonimga, hey. (x2)

Sevgimizning ko’chasida
Mazza qilib yuramiz,
O’sha ko’chada san bilan
Baxtdan uylar quramiz. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi ko’chasi
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 7, 2016