Ziyoda - Top-top qo'shiq matni, lyrics

Ziyoda

Top-top

Tor ko`changdan kuydirib o`taman, o`taman,
O`tayotib gap otishing kutaman, kutaman.
So`rasang, oh senga yurak ochaman, ochaman,
Xuddi o`zingga o`xshab laqillatib qochaman.
(Qochaman, qochaman, qochaman, qochaman)

Top, top, top qani
Ko`nglimni, jonim mani.
Sevaman deb aldama,
Bola yaxshi aldagani.

Top-top jonim qani
Ko`nglimni mani-mani.
Sevaman deb aldagin,
O`zim yaxshi aldagani.

Ko`rinmasang, gumonlarga botaman, botaman,
Xasta quyonga o`xshab kasal bo`lib yotaman.
Kel, qalbimni senga o`zim tutaman, tutaman,
Sharqdan chiqqan quyoshday tong otaman, otaman.

Top, top, top qani
Ko`nglimni, jonim mani.
Sevaman deb aldama,
Bola yaxshi aldagani.
Top-top jonim qani
Ko`nglimni mani-mani.
Sevaman deb aldagin,
O`zim yaxshi aldagani. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Top-top
Xonanda:
Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2017