[Ziyoda]
To’ylar muborak, ey, yori jonim,
To’yona bo’lsin tan birla jonim,
Yora-hay, dod-ay.

[Mo’min Oripov]
Assalomu alaykum, bizlar keldik, you,
Jahon akamning to’ylarini izlab keldik.
O’chog’da kul, karmonda pul,
O’tirmagin, do’stim, o’rningdan tur.

Assalomu alaykum, assalomu alaykum,
Deymiz sizga.
Assalomu alaykum, assalomu alaykum,
Biz bilan birga.

[Oybek va Nigora
Erta bahor yomg’irlar yog’ganda,
Ko’cha-atrof gullar bilan to’lganda,
Jahon akam uylanar bir go’zalga,
Bizlar esa xizmatdamiz sizlarga.

Heyla, ligla-ligla, lo,
Heyla, ligla-ligla, lo,
Heyla, ligla-ligla, lo, heyla. (x2)

[Ziyoda]
Ochgin yuzingni, ko’rgoni keldik,
San birla davron surgoni keldik,
Yora-hay, dod-ay.

[Oybek]
Мясной салат, xohlasang оливье dan olib ye,
Uyoq-buyoqdan olishib-olishib.
Hamma narsa bisyor-bisyor,
Yor-yorlarga bizlar tayyor.

[Oybek va Nigora]
Baxtli bo’ling, baxtiyor sevishganlar,
Taxtli bo’ling, bir-biriga yarashganlar.
Shirin-shakar farzand bersin Allohim,
Ko’z tegmasin baxtingizga ilohim.

Heyla, ligla-ligla, lo,
Heyla, ligla-ligla, lo,
Heyla, ligla-ligla, lo, heyla. (x2)

[Ziyoda]
Ochgin yuzingni, ko’rgoni keldik,
San birla davron surgoni keldik,
Yora-hay, dod-ay.

[Oybek va Nigora] Bahor kelib…
[Ziyoda] To’ylar muborak…
[Oybek va Nigora] Asal oyi…
[Ziyoda] To’yona bo’lsin…
[Oybek va Nigora] Sevgi xumor…
[Ziyoda] Tan birla jonim…
[Oybek va Nigora] Ishlar qalay?
[Ziyoda] Ko’rgoni keldik…
[Oybek va Nigora] Ishlar qalay? Ishlar qalay?
[Ziyoda] Yora-hay, yaxmalak!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
To’yona
Xonanda:
Bojalar guruhi, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 5, 2015