Zohirshoh Jo'rayev - Eshigingdan

Zohirshoh Jo'raev

Eshigingdan

Kuz kelsa ham shoshib biz tomon,
Qor bossa ham borliqni butkul,
Ko’klam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan o’tarman bir kun.
Ko’klam kelib ursa ham xandon,
Eshigingdan o’tarman bir kun.

Sochlarimga tushsa hamki oq,
Peshonamni bossa ham ajin, (x2)
Kirganda ham bag’rimga titroq,
Eshigingdan o’tarman bir kun. (x2)

Mayli mani tanimasang ham,
Va ko’rmayin desang ham yuzim, (x2)
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan o’tarman bir kun. (x2)

Eshigingdan o’tarman bir kun… {x2}

Vaqtim yetib chiqsa ham jonim
Va darg’amga yasalsa yakun,
Qabristonga tobut ichra jim,
Eshigingdan o’tarman bir kun.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Eshigingdan
Xonanda:
Zohirshoh Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2014