• Zohirshoh Jo'rayev - Jayron ko'zlar

    Zohirshoh Jo'raev

    Jayron ko’zlar

    Qancha kutsam, dil o`rtanar shuncha,
    Bo`lmas kutmay, ammo.
    Gullar tutsam, gul o`rtanar unga,
    Gulga boqmas aslo.

    Oshiq bulbul gul vaslidan so`zlar,
    Oshiq ko`ngil yorning.
    Shaydo bulbul gul vaslini ko`zlar,
    Shaydo ko`ngil yorning.

    Jayron ko`zlar jon qasdida yonar,
    Jayron ko`zlar hajrida bu jonim.
    Jayron, ey voh, o`z ovchisin ovlar,
    Jayron-jayron, bas, to`kmagil qonim.

    Sanday lobar qiz qayda, ey dilbar,
    Manday yori sodiq.
    Ertak bo`lsin bu sevgimiz, baxtlar
    Etay sanga tortiq.

    Oshiq bulbul gul vaslidan so`zlar,
    Oshiq ko`ngil yorning.
    Shaydo bulbul gul vaslini ko`zlar,
    Shaydo ko`ngil yorning.

    Jayron ko`zlar jon qasdida yonar,
    Jayron ko`zlar hajrida bu jonim.
    Jayron, ey voh, o`z ovchisin ovlar,
    Jayron-jayron, bas, to`kmagil qonim.