• Zokir Ochildiyev - Kuldursin boqi (Parodiya Ummon)

    Zokir Ochildiyev

    Kuldursin boqi (Parodiya Ummon)

    Qarsagingiz ayamang keksalaru yoshlar,
    Zokir-shou sizlar uchun xizmatini boshlar,
    Xonimlar (xonimlar), janoblar. (janoblar)

    Baland-baland olqishlar bilan
    Qarshi oling, aziz shinavanda muxlislar. (muxlislar)

    Aytay sizga aziz do`stlarim,
    Dardga malhamdir kulgu, kulgu. (kulgu)
    Kulib yuring har kun,
    Davo bo`lsin kulgu, kulgu.

    Hamma dardga malham bo`ladigan kulgulardan topiy,
    Agar tuzalmasa, dam solib eskichasiga qoqiy.
    Qoqiy, tesha tegmagan originalidan topiy,
    Qolsin dilda boqiy.

    Hamma dardga malham bo`ladigan kulgulardan top, hey,
    Agar eplolmasang, gapirma, og`zingni yop-ey.
    Yop-ey, sani o`rningga boshqa shogird topiy,
    Hammani kuldirsin boqiy.

    Qalbingizdan arisin barcha g`amu dardlar,
    Kulgu bilan yuvilsin yurakdagi gardlar, xonimlar, janoblar.
    Qayg`u chekib qarimang, tabassum qiling doim,
    Shodliklarga limmo-lim hayot g`animat biling azizlar.

    Aylab beg`ubor kulgu hazil,
    Zokir-shou sizga muntazir doim, doim.
    Shunday go`zal, obod Vatanda
    Xurram yashaylik ilohim, ilohim. (ilohim)

    Hamma dardga malham bo`ladigan kulgulardan topiy,
    Agar tuzalmasa, dam solib eskichasiga qoqiy.
    Qoqiy, tesha tegmagan originalidan topiy,
    Qolsin dilda boqiy.

    Hamma dardga malham bo`ladigan kulgulardan top, hey,
    Agar eplolmasang, gapirma, og`zingni yop-ey.
    Yop-ey, sani o`rningga boshqa shogird topiy,
    Hammani kuldirsin boqiy.

    Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.