• Zulayho Boyxonova - Mehribon onang bo'lsa

    Zulayho Boyxonova

    Mehribon onang bo`lsa

    Yuragingda g`am bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa.
    G`am chekkani dam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa.

    Baxtli kechar onlaring,
    Dard bilmagay jonlaring,
    Kulfatlaring ham bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa.

    Izingda qolib ko`zi,
    Asragay seni o`zi. (x2)
    Kiprigingda nam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa. (x2)

    Navo solib sehridan,
    Davo olib mehridan,
    Ruhing o`chgan sham bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa.

    Izingda qolib ko`zi,
    Asragay seni o`zi.
    Kiprigingda nam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa.

    Baland bilib izzatin,
    Mudom qilgin xizmatin,
    Aziz boshing xam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa,
    Mehribon onang bo`lsa. (x1+x1)

    Bobur, onangni yod et,
    Ruhi pokini shod et,
    Parcha ko`ngling kam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa. (x2)

    Izingda qolib ko`zi,
    Asragay seni o`zi.
    Kiprigingda nam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa.

    Kiprigingda nam bo`lmas,
    Mehribon onang bo`lsa. {x5}