Zulayho Boyxonova - Namanganning olmasi

Zulayho Boyxonova

Namanganning olmasi

Namanganning olmasi, anori bordir-ey,
Mening ko’nglimni olgan o’shal dildor-ey. (x2)

Men yorimni sog’insam, yo’lga qarayman,
Sochlarimni avaylab silliq tarayman.
Qoshimga o’smalar-o qo’ysam kelarmu-ey,
Ko’zimga surmalar qo’ysam kelarmu?

Yalli-yalli-yalola, yallo demasman-o,
Yalinganing bilan-o yoningga bormasman.
Yalli-yalli-yalola, yallo demasman-o,
Yalinganing bilan-o yoningga bormasman.

Qizil olma, oq olma naqshi bo’lakcha-yey,
Yor menga olma bersa, gashti bo’lakcha. (x2)

Boqqa kirsam, yorginam, olma tergani,
Olma bersa, men seni sevdim degani.
Kelar bo’lsa kelsin yor, xayol surmasdan-ey,
Yo’llariga qarayman ko’zim uzmasdan.

Yalli-yalli-yalola, yallo demasman-o,
Yalinganing bilan-o yoningga bormasman.
Yalli-yalli-yalola, yallo demasman-o,
Yalinganing bilan-o yoningga bormasman. (x1+x1)

Yoningga bormasman… Yoningga bormasman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Namanganning olmasi
Xonanda:
Zulayho Boyxonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2015