• Shamol silkib, olcha gulin
    Ayamay to’kib ketdi,
    Sevaverdim, sevging yurak
    Choklarim so’kib ketdi.

    Olcha gulin a’lo bilib,
    Xazonni titib ketdi,
    Hislarimni dorga ilib,
    Yuragim sitib ketdi.

    Sharqiragan soyning suvi
    O’padi qirg’oq poyin,
    Kuragimdek taxtni tashlab,
    Poygakmi borgan joying?

    Oymomoni oyimsiz deb,
    Yulduzdan hol so’raymi?
    Sen o’zgaga qarab ketsang,
    Peshonamdan ko’raymi?

    Majnuntolning suvga yetmay,
    Sabri sindi zorlanib.
    Sevar edim jondan ortiq,
    Aytolmadim orlanib.

    Ketgan bahor qayta-qayta
    Kelaverar uyalmay,
    Ko’ngil berib qo’yganimni-yey,
    Armondaman suyolmay.

    Armonlarni ohga bog’lab,
    Halinchak qilib uchdim.
    Dedim “rozi bo’lsin onam”,
    Sevmagan yorni quchdim.

    Dardlarimni ko’tarolmay
    Halinchak ham uzilmasin,
    Qizlar sevmay rozi bo’lmang –
    Baxt uyi hech buzilmasin.

    Armonlarni ohga bog’lab,
    Halinchak qilib uchdim.
    Dedim “rozi bo’lsin onam”,
    Sevmagan yorni quchdim.

    Shamol silkib, olcha gulin
    Ayamay to’kib ketdi,
    Sevaverdim, sevging yurak
    Choklarim so’kib ketdi.

    Olcha gulin a’lo bilib,
    Xazonni titib ketdi,
    Hislarimni dorga ilib,
    Yuragim sitib ketdi.