Zulayho Boyxonova - O'zbekiston qo'shiq matni, lyrics

Zulayho Boyxonova

O’zbekiston

Tilimga gar kalom kelsa, onajon,
Vatan so`zi bo`lur jismim aro jon.
Odamzot izlasa o`ziga vatan,
Sening quchog`ingdek bormi guliston?

Ey bobodehqon, o`zing sharaf-shon,
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston. (x2)

Bag`ringga quyosh durin taqqayman,
Har bitta toshingdan hikmat uqqayman.
Ona Diyor, sensiz qayga sig`gayman?

Sen borsan bag`rim but, yashayman shodon,
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston. (x2)

Seni alqab doim, jannat yurt, deyman,
Sensiz umrim bo`lar ojiz, mo`rt, deyman.
Tuprog`ingni suyib, ko`zga surtgayman,
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston.

Dilni ochmoq farzand uchun farz,
Senga maftun bugun bu kurrayi-arz.
Ajdoddan avlodga uzilmas bir qarz,

Sen deb yashamagan bo`lsin beiymon,
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston. (x2)

O`zbekiston, O`zbekiston, O`zbekiston…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Zulayho Boyxonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 14, 2017