• Kelsang kelgin yoki xayr-xo`sh,
    Tomog`imda yig`laydi bir qush. (x2)
    Chaqmoq bo`lsang, osmoningdan tush-ey,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi.

    Yayov desang, dunyo kezaman,
    Dashtlaringni gul-gul bezarman.
    Qoqigulday sensiz to`zarman-ey,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi.

    Qoqigulday sensiz to`zarman,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi.

    Yetar haddim tog`ga irmoqqa,
    O`lmoq bo`lib jangga kirmoqqa. (x2)
    Bardoshim yo`q hijron qiynoqqa-ey,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi. (x2)

    Kech kuzakning shamoli tortiq,
    Kamolidan zavoli ortiq.
    Osmon esa, yer esa qattiq,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi.

    Kuydirmajon, kuydurma qirqim,
    Umidlari uydirma qirqim,
    Na qilsang ham, suydirma qirqim-ey,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi.

    Na qilsang ham, suydirma qirqim-ey,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi.

    Chaqmoq bo`lsang, osmoningdan tushgin-ey,
    Sog`inmoqqa holim qolmadi. {x2}

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.