Men sizni rashk qilsam ranjimang,
Ko’zlarim yosh yutib to’ymaydi. (x2)
Kutishdan shunchalar charchadim-ey,
Yuragim titrashni qo’ymaydi.

Muhabbat baridan ulug’dir,
Men o’zim aslida yo’qdayman.
Tunlarim siz bilan yorug’dir,
Nishonga otilgan o’qdayman.

Men sizni rashk qilsam ranjimang,
Ko’zlarim yosh yutib to’ymaydi.
Kutishdan shunchalar charchadim,
Yuragim titrashni qo’ymaydi.

O’stirgan gullarim yanchilib,
Dard sola boshlaydi g’unchalar.
Kimningdir ko’ksida sanchilib,
Yashamoq og’irmi shunchalar?

Muz bo’ling – yiqilay sirg’anib,
O’zimga tosh oting chidayman.
Men sizni kimdandir qizg’onib,
Rashk qilib yig’lasam ranjimang.

Men sizni rashk qilsam ranjimang,
Ko’zlarim yosh yutib to’ymaydi.
Kutishdan shunchalar charchadim-ey,
Yuragim titrashni qo’ymaydi.

Kutishdan shunchalar charchadim,
Yuragim titrashni qo’ymaydi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rashk
Xonanda:
Zulayho Boyxonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 3, 2015