• Toleyimda yo’llar ko’rdim men,
    Dunyo kezdim, ellar ko’rdim men.
    Alvon-alvon gullar ko’rdim men,
    Tarovating ko’rmadim biroq,
    Ey ona yurt, ey aziz tuproq.

    Ey ona yurt, ey aziz diyor,
    Ey ona yurt, dostonlaring tilimda takror.
    Ey ona yurt, ey aziz diyor,
    Ey ona yurt, sensan o’zing dilimda bahor.

    Har xil niyat bordir xorijda,
    Temir minor ko’rdim Parijda.
    Laylaklar yo’q, yo’qdir farishta,
    Qaldirg’oching ko’rmadim biroq,
    Ey ona yurt, ey aziz tuproq.

    Izlaganim o’zingda elim,
    Quyosh kulgan ko’zingda elim.
    Bahoring bor kuzingda elim,
    Yuragingu tilaging oftob,
    Ey ona yurt, ey aziz tuproq.
    (Ey ona yurt, ey aziz diyor.)

    Ey ona yurt, ey aziz diyor,
    Ey ona yurt, dostonlaring tilimda takror.
    Ey ona yurt, ey aziz diyor,
    Ey ona yurt, sensan o’zing dilimda bahor.

    Mehmon yo’qdir, unda mezbon yo’q,
    Qora qozon yo’qdir, qumg’on yo’q.
    Sovchilar yo’q, to’y dasturxon yo’q,
    Muhabbatni ko’rmadim biroq,
    Ey ona yurt, ey aziz tuproq.

    Izlaganim o’zingda elim,
    Quyosh kulgan ko’zingda elim.
    Bahoring bor kuzingda elim,
    Yuragingu tilaging oftob,
    Ey ona yurt, ey aziz tuproq.
    Ey ona yurt, ey aziz diyor.

    O'xshash qo'shiqlar matnlari