• Zulayho Boyxonova - Gar sog'insam qo'shiq matni, lyrics

    Zulayho Boyxonova

    Zulayho Boyxonova

    Yurak kuysa, qandayin kulay?
    Dardim qanday oromga ulay?
    Sadoqatga, mayli, qul bo`lay,
    Gar sog`insam seni, na qilay?

    Qay gullardan visoling so`ray,
    Qayerlarga yuzimni buray?
    Qay qushlar-la men suhbat quray,
    Gar sog`insam seni, na qilay?

    Sabrim tog`i nuray boshlasa,
    Ul tufayli ko`zim yoshlasa,
    Gumon jonga qarmoq tashlasa,
    Gar sog`insam seni, na qilay?

    Gul bermasga armon bo`lmoqqa,
    Qarorim yo`q bundayin qolmoqqa,
    Aslo toqat qilmam tolmoqqa,
    Gar sog`insam seni, na qilay?

    Yurak kuysa, qandayin kulay?