Uyg`onaman ertalab, yana har kungi holat,
Yuzimni yuvib, ichaman choy.
Kechga qolish mumkin emas, shoshilib kiyinib,
Yana qaytarilar o`tgan bir necha oy.
Yana o`sha avtobekat,
O`tiraman o`zim yozgan qo`shig`im tinglab.
Hozir 7:15 da keladi 5 ta qiz shu bekat taraf.
Har kundagi-dagiday bir-biriga pichir-pichir,
Nimalardir haqida sirlashadi.
Bittasi bor orasida unga qarab kulib qo`ysam,
U ham kulib qo`yadi.
Manimcha bu qizlar “Боровский”da
Yoki “Ордака”da kerak o`qisa.
Ular ketgandan so`ng 10 daqiqa
Va mana men ham avtobus ichida.
Ketmoqdaman manzilim tomon,
Toshkent, bunchalar chiroylisan?
Doimo bo`l omon, shu yo`llarga qarayverib,
To`ymayman hech qachon.
Pastu-baland binolar, uzun-uzun ko`priklar,
Mani manzilimga eltar.
Mana keldim ish joyimga eson-omon,
Eson-omon kelganimga shukur.
O`zim yotib, o`zim turayotganimga shukur,
Oyoqlarim yurayotganiga shukur.
Ko`zlarim ko`rayotganiga shukur,
Naqadar dunyo go`zaldir. (x2)
Mana ishxonam va boshlandi ish,
To`g`rimda o`tirgan qizning ismi Nargiz.
Qachon qarama unga, u doim asabda,
Nima bo`lgan o`zi unga,
Baqirib javob beradi u hammaga?
Manda esa har doimdagiday bayram,
Hech kim qimmat emas maning asab tolalarimda.
Hech kim arzimaydi bunchalar asabiylashishimga ham,
Nima bo`lmoqda tushunolmam.
Eng keragi sog`-omonmisan, qolgan hammasi bir tiyin,
Suving bormi, noning bormi, qolgan hammasi bir tiyin.
Qora qozoning qaynab tursa, shuning o`zi baxt,
Diydor ko`rishib tuganimizning o`zi bitta baxt.
Mana ish tamom, toki narsalarimni yig`ishtirib
Bo`lgunimcha hech kim qolmadi.
Axir soat 7:30, hali kech emas,
Nega odamlar bunchalar shoshadi?
Ey do`stim, shoshma, ozgina vaqt bor,
Ozgina o`zingni bo`sh qo`y.
Shoshilib qayga ham borarding, axir borar joyimiz bir,
Sandan, mandan qoladi faqat yaxshilik bil!
O`zim yotib, o`zim turayotganimga shukur,
Oyoqlarim yurayotganiga shukur.
Ko`zlarim ko`rayotganiga shukur,
Naqadar dunyo go`zaldir. (x2)
Mana qorong`u va ish tamom,
Qaytmoqdaman uyga eson-omon.
Toshkent tunda kundan ham go`zal,
Shu shaharga qarab, dam olar ko`zlar.
Har tarafing turar charaqlab,
Mana ertalabki ro`paramdagi bekat.
Shu yerdan chamasi 5 daqiqa
Uyimgacha yurib boraman piyoda.
Mana uydaman, bugungi kunim tamom,
Agar nasib etsa, ertaga etadi u davom.
Bugungi kunim halol o`tgani uchun shukur,
Shu qo`shiqni yozib bitirganim uchun shukur.
O`zim yotib, o`zim turayotganimga shukur,
Oyoqlarim yurayotganiga shukur.
Qo`llarim yozayotganiga shukur,
Ollohim, o`zingga shukur.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- August 25, 2016