Lazgi chalinganda larzada jahon,
Hazatadi go`yo yayrab tanda jon. (x2)
Qayroqning shaq-shaqi, sozning jarangi,
Yuraklarni sel atadi bul mag`om.
Qayroqning shaq-shaqi, torning jarangi,
Yuraklarni sel atadi bul mag`om.
Xorazmning lazgisi bu boshqacha,
O`ynatadi qaridan to yoshgacha. (x2)
Jonginangga kirib, shu yerda qoladi,
Ohanglari, sehrlari bor shuncha. (x2)
Ola go`z oh-ohay, qora go`z voh-voh,
Ola go`z bo`y-bo`y, qora go`z bo`y-bo`y.
Maftun atib hammani, dang o`ynatar,
Sadolari yeru ko`kni titratar. (x2)
Joningga jon qo`shar har bir nolasi,
Hofizlarni qayta-qayta kuylatar. (x2)
Ola go`z oh-ohay, qora go`z voh-voh,
Ola go`z bo`y-bo`y, qora go`z bo`y-bo`y.
Sozandayu go`yanda yo`q bilmagan,
Lazgi navosina mehr barmagan. (x2)
Usul bilan, qiliq bilan o`ynang-ey,
Changgak o`ling, bo`lsin dunyo go`rmagan. (x2)
Ola go`z oh-ohay, qora go`z voh-voh,
Ola go`z bo`y-bo`y, qora go`z bo`y-bo`y.
Qaltirasin boshdan oyoq jimbirlab,
Davrani keng oling yena arkalab. (x2)
Dizni tashlab, karsni uring, voh-vohey,
Yana-yana bo`lsin lazgiga talab.
Qaltirasin boshdan oyoq jimbirlab,
Davrani keng oling yena arkalab.
Dizni tashlab, karsni uring, voh-vohey,
Yana-yana bo`lsin lazgiga talab.
Dizni tashlab, karsni uring, voh-vohey,
Yana-yana bo`lsin lazgiga talab.
Ola go`z oh-ohay, qora go`z voh-voh,
Ola go`z bo`y-bo`y, qora go`z bo`y-bo`y. {x4}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 18, 2016