Ummon guruhi - Yillar o'tib ketibdi

Ummon

Yillar o’tib ketibdi

Yillar o`tib ketibdi oradan, qara,
Sen kelmading, bormadim man ham.
Kuzlar o`tdi o`ylab ko`zlaring,
Bahorda taralardi hidlaring.

Sen kelmading, men ham, qara,
Xafamisan mendan? Men ham xafa!
Sen meni unutib yubording desam…

O`sha yillar qattiq urushib ketdik u bilan,
Eshikni qattiq yopib ketdi ko`zda yosh bilan.
O`sha-o`sha yozmadi birorta xat ham,
Yozmadim men ham.

Qilmadi qo`ng`iroq, men ham qilmadim,
Kutdim, qiynaldim, malham izladim.
Meni unutib yuborgan deb o`ylab,
Men ham unutishga harakat qilardim.

U meni unutib ketdi oson,
Men esa unutolmasdan sarson.
Yarim yilgacha qanchalar qiynaldim,
Bir yil bo`lganda ozgina ranglandim.

Kirib boshladi rang hayotimga,
Sen haqingdagi xayollar qo`ydi holimga.
Ozgina faqat yurak yengil tortardi,
Agar bo`lmaganida oq-qora surat.

Yillar o`tib ketibdi oradan, qara,
Sen kelmading, bormadim man ham.
Kuzlar o`tdi o`ylab ko`zlaring,
Bahorda taralardi hidlaring.

Sen kelmading, men ham, qara,
Xafamisan mendan? Men ham xafa!
Sen meni unutib yubording desam…

Kunlarning birida yo`qladi do`stim,
Dedi: bor bir narsa sanga do`stim,
San bilmasang bo`lmaydi bu haqida,
Bu sani tuyg`ularing haqida deb…

Berdi qo`limga surat,
Suratga qarab qoldim muzlab.
Oq libosdagi qiz maning yorim,
Yonidagi kim bilmadim?

Kiyinib, shoshilib yugurdim qizning qizlik uyiga,
Oq-qora ko`rina boshladi hayot ko`zlarimga.
Yuragimga qattiq botdi ko`rgan suratim,
Ilojsiz uyiga bordim.

Chiqdi singlisi, ko`rib mani bo`ldi hayron,
Birinchi savoli: qayda edingiz shuncha on?
Opam sizni shuncha qon yutib kutdi,
Ko`zlarida yosh, yig`lab kutdi.

Ovutolmasdi na otam, na onam,
Nimani tinglamasdilar opam.
Manga qarab, qaytib kelarmikan derdilar,
Kuta-kuta oxir otam erga berdilar.

Har bir meni o`ylab o`tgan tuningni,
Har tomchi ko`zingdan oqqan yoshingni,
So`nggi lahzagacha meni kutganingni bilib,
Afsuslar chekaman.

Har bir meni o`ylab o`tgan tuningni,
Har tomchi ko`zingdan oqqan yoshingni,
So`nggi lahzagacha meni sevganingni bilib,
Alam ezardi.

Yillar o`tib ketibdi oradan, qara,
Sen kelmading, bormadim man ham.
Kuzlar o`tdi o`ylab ko`zlaring,
Bahorda taralardi hidlaring.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yillar o’tib ketibdi
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 8, 2016