Yana ko`z uyida ma’vo qilibsen,
Ko`ngil koshonasida jo qilibsen. (x2)
Yana savdoyi zulfingdin, nigoro,
Meni oshuftavu shaydo qilibsen.
Meni shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko`zimning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko`zimning yoshini daryo qilibsen.
G`aming yo`q jon agar bersam g`amingda,
O`zingni buncha beparvo qilibsen.
Qoshingdin meni o`qdek tashlar uchun,
Yangi oydek qoshingni yo qilibsen.
Meni shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko`zimning yoshini daryo qilibsen.
Shaydo qilibsen, shaydo qilibsen,
Ko`zimning yoshini daryo qilibsen.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 22, 2016