Radius 21 - Na na na

Radius 21

Na na na

So`zim tagida ma’no berkingan, izla top qani,
Qiynab qo`ymasin deymanu tak bu topishmoq sani.
Mani savollarimga javob yo`q-yo`q,
Savollarimga javob – tabaka, kabob.

Katta-katta gapirginu, lekin katta tishlama,
Unga murojaat, bunga murojaat, jonga tegdi harajat.
Tip–tili–tili–tip, vip paketdaman, telefon o`chirilgan,
Man raketkaman, tennisniy kort.

Mana mani hayotimda
Bo`lib o`tgan voqeani yana yana bittasi.
“Sevgi fazosi” kinosida bir epizodman, endi ozodman,
Paydo bo`lamanu yo`q bo`laman shu zahot man.

Zinhor ketmas harakatim bekorga,
Lek ovora bo`lib, nachora aldanib qolibman.
Ilgari man aldanmaganman, xato qilmaganman,
Bunday voqea bo`ladi deb o`ylamaganman.

Na-na-na-na-na, na-na-na-na-na,
Na-na-na-na-na, na-na-na-na-na. (x2)

Hey, mana, hm hm, sorry…

Hey mana yana man, bu yana man-man,
Kamtarin bolaman, uyalaman man. (x2)

Malikalar qatda? Internetda, chatda,
Shahzodani topaman degan orzu-niyatda.
Doim harakatda, oxir-oqibatda
Yorini topgan qizlarni ko`rdim necha marta.

Virtualdaman, virtualdaman,
A manga buni “tipa” aloqasi yo`q.
E yo`q, be yo`q, urush kuni bo`yi,
Vahima uyasiga aylandi shoh saroyi.

Bu qanday vaziyat? Shoh saroyiga uyat,
Yengil tabiyat, malika Surayyo.
Yoki mahliyo bo`lib boqishlarga
Uchib ketar Laylo o`zga yurtlarga.

Na-na-na-na-na, na-na-na-na-na,
Na-na-na-na-na, na-na-na-na-na. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Na na na
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2016