Sukunat qamrab olar atrofim,
Yorug`lik sochmay qolar oftobim.
Xayollar suraman-u, lek o`zimga
Ba’zida yoqmay qolar qarorim.
Nahotki meni aytishsa qo`rqoq,
Kimga ham aytishim bilmayman biroq.
Javobsiz qolar savollarim ham,
Doimgidek bo`lganicha so`roq.
Kelmadi sado, ayladi jafo,
Oxiri bo`ldim judo.
Sevaman yuragimda to`la o`t bilan,
Sevaman ko`zlarimda to`la yosh bilan,
Sevaman, sevaman, ta-ra-ra-ram, ta-ra-ram.
Hijronda o`tar kecha-kunduzim,
Hech kimga yoqmay qoldi so`zim.
Telba bo`ldimmi nahot, hatto
So`zlamoqdaman o`zimga-o`zim.
Jim-jitlik, o`ziga olgan xonam,
Qidiraman hattoki ostonam.
Yig`layman, yig`layman, yig`layman,
Axiyri taskin berar onam.
Kelmadi sado, ayladi jafo,
Oxiri bo`ldim judo.
Sevaman yuragimda to`la o`t bilan,
Sevaman ko`zlarimda to`la yosh bilan,
Sevaman, sevaman, ta-ra-ra-ram, ta-ra-ram. (x1+x1)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 3, 2016