[Sitora Farmonova]
Ey yor, ey yor,
Qarama gumonli nigohlar ila.
Sevgim aslida beg`ubor,
Nega ishonmaysan, yor?
Ey yor, ey yor,
Qarama nigohda savollar ila.
Yuragim bir faqat seni der,
Nega ishonmaysan, yor?
[Mirjamol va Sitora Farmonova]
Tez uradi yuragim, qolmadi madorim,
Oromimni o`g`irlab olib ketding.
Menga sen kerak, kel yonimda bo`l,
Meni yolg`iz qo`yma, yor.
Holsiz uradi yurak, yo`qoldi halovat,
Ozor beraverib meni qiynama.
Menga sen kerak, yonimda bo`l,
Meni yolg`iz qo`yma, yor.
[Mirjamol]
Ey yor,
Seni sog`inib firog`ingda yondim.
Ne qilay, jonim, qizg`onaman,
Nega tushunmaysan, yor?
Ey yor,
Kechalari o`ylanib uxlamayman.
O`zimdan butkul begonaman,
Sensiz ayt, kimman, yor?
[Mirjamol va Sitora Farmonova]
Tez uradi yuragim, qolmadi madorim,
Oromimni o`g`irlab olib ketding.
Menga sen kerak, kel yonimda bo`l,
Meni yolg`iz qo`yma, yor.
Holsiz uradi yurak, yo`qoldi halovat,
Ozor beraverib meni qiynama.
Menga sen kerak, yonimda bo`l,
Meni yolg`iz qo`yma, yor. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 4, 2016