Hech narsaga men afsus qilmayman,
Yaxshisiga ham, yomoniga ham.
Chunki yangi hayotim boshlayman
Sen bilan endi men.
Sochib yulduzlar samolarimga,
Ma’no berib sen dunyolarimga,
Sevgi elab sen xayollarimga,
Qalbimga kelding sen.
Men bilardim tonglar otar,
Men bilardim bahor qaytar,
Men bilardim sevgim kelib,
Baxt tomon olib ketar. (x2)
Baxtli kunlarga assalomu alaykum,
Baxtsiz kunlarni taqdirga qaytardim.
Sevgi, baxt, quvonch xush kelibsiz dedim,
Xush kelibsiz dedim, assalomu alaykum. (x2)
O`tgan kunlarni o`ylama hecham,
Yaxshisini ham, yomonini ham.
Bir umr endi men yoningdaman,
Dilda sevgim bilan.
Sen uchun endi kuylayin yonib,
Kecha – o`tmishda ketadi qolib.
Yuragingga men muhabbat solib,
Yashay sen-la abad.
Men bilardim tonglar otar,
Men bilardim bahor qaytar,
Men bilardim sevgim kelib,
Baxt tomon olib ketar. (x2)
Baxtli kunlarga assalomu alaykum,
Baxtsiz kunlarni taqdirga qaytardim.
Sevgi, baxt, quvonch xush kelibsiz dedim,
Xush kelibsiz dedim, assalomu alaykum. (x2)
Men bilardim tonglar otar,
Men bilardim bahor qaytar,
Men bilardim sevgim kelib,
Baxt tomon olib ketar. (x2)
Baxtli kunlarga assalomu alaykum,
Baxtsiz kunlarni taqdirga qaytardim.
Sevgi, baxt, quvonch xush kelibsiz dedim,
Xush kelibsiz dedim, assalomu alaykum. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 3, 2017