Tirikchilik niqobi,
Mehnatga qochar tobi, (x2)
Qo`lda shayton kitobi,
O`z uyingga qayt xalol,
Xorijda yurgan ayol. (x2)
Dardi hayo, dardi pul,
It hidlagan atirgul,
Dardi hayo, dardi pul,
It hidlamas atirgul,
O`z nafsiga o`zi qul,
Es-hushingni yig`ib ol,
Xorijda yurgan ayol. (x2)
Zuhromisan, Zubayda,
Or-nomus qoldi qayda? (x2)
Xitoydami Dubayda,
Umringni qilma uvol,
Yo`lin yo`qotgan ayol. (x2)
To`maris, Bibixoning,
Kumushlar – toza qoning. (x2)
Zulfiyalar vijdoning,
Yodingda yo`q ehtimol,
Yo`lin yo`qotgan ayol.
Eh, yodingda yo`q ehtimol,
Yo`lin yo`qotgan ayol.
Ilashibsan illatga,
Dog`i tushar qimmatga, (x2)
Nima deysan millatga? – {x2}
Joningdan qimmat savol,
Xorijda yurgan ayol. (x2)
O`zbek ayol ibosi,
Yetmas dunyo tillosi,
So`zimiz indallosi:
Yurt qaddini qilma dol,
Xorijda yurgan ayol!
Haq yo`lidan adashma,
Boylik ketidan shoshma. (x2)
Bandasan, haddan oshma,
Oxirating asrab qol,
Xorijda yurgan ayol. (x2)
Es-hushingni yig`ib ol,
Xorijda yurgan ayol.
O`z uyingga qayt xalol,
Xorijda yurgan ayol.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 6, 2017