(Hay yor-ay…
Yuragimga o`t qala,
Ahvolimga bir qara.
Gulsarajon, Gulsara,
Kel-a…)

Qoshi qora Gulsara,
Ahvolimga bir qara. (x2)
Men Toshkentdan kelguncha
Boshqani yor debsan-a,
Gulsara?

Sabring tugab, bitdimi?
Kutish jondan o`tdimi?
Sabring tugab, bitdimi, ayt?
Kutish jondan o`tdimi?
Meni yaxshi ko`rmagan
Yo onang aynitdimi-yey,
Ayt, Gulsara?

(Gulsara, Gulsara,
Gulsara, Gulsara, Gulsara.(x2)
O`yna-ya, quvna-ya,
O`yna-ya, o`yna-ya, quvna-ya.
Gulsara, Gulsara,
Ha, akajoning aylansin-a.)

Men o`zimni sher derdim,
Men o`zimni zo`r derdim,
Soddaman-da, adashib
Bevafoga dil berdim.

Dardim tinglang, odamlar,
So`zimni anglang, odamlar,
Mahallamga endi man
Qanday qo`yay qadamlar-ey?
Ayt, Gulsara?

Yuzimni hatlab o`tibsan,
Yolg`on yig`lab ketibsan. (x2)
Baxtli qil deb akamni,
Dugonangga aytibsan-ey.
Ey, Gulsara!

(Gulsara, Gulsara,
Gulsara, Gulsara, Gulsara.(x2)
O`yna-ya, quvna-ya,
O`yna-ya, o`yna-ya, quvna-ya.
Gulsara, Gulsara,
Ha, akajoning aylansin-a.)

Bugun qo`shnim uyiga
Kelin keldi yor-yor.
Borolmayman u yoqqa,
O`ltirarman zor-zor.

Onam aytar zerikmay,
O`glim to`yga bor-bor.
Borolmayman onajon,
Or qilaman, or-or-ey.
Eh, Gulsara…

(Yomon qilding, Gulsara…)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulsara
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 4, 2017