Nega menga boraman deb kelmading, va’dang qani?
Yo`llaringga zor qaratib aldading, yorim mani. (x2)
Yana kelmay qolmagin, dilga alam solmagin,
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, yorim mani.
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, bir ko`rgani.
Nozli alamlaringdan, qoshi qalamlaringdan,
Kelishing qiyin aylagan mayda qadamlaringdan. (x2)
Bog`imda atirgullarim ochilib seni kutar,
Yo`llaringga poyondozdayin sochilib seni kutar. (x2)
Yana kelmay qolmagin, dilga alam solmagin,
Sevmaganlar o`z yorini shunday tezda unutar.
Yana kelmay qolmagin, dilga alam solmagin,
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, bir ko`rgani.
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, yorim mani.
Nozli alamlaringdan, qoshi qalamlaringdan,
Kelishing qiyin aylagan mayda qadamlaringdan. (x2)
Diydoringni bir ko`rmoqqa yoki zor aylaysanmi?
Ko`zlarimga keng dunyoni shuncha tor aylaysanmi? (x2)
Yana kelmayin qolmagin, dilga alam solmagin,
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, yorim mani.
Sog`inchlarda xasta bo`ldim, kelgin-ey, bir ko`rgani.
Nozli alamlaringdan, qoshi qalamlaringdan,
Kelishing qiyin aylagan mayda qadamlaringdan. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 18, 2017