Telba demasdan meni,
Chida telbaliklarimga,
Ketsa telbang, sog`inasan-ku.
Men chidayman-ku sening
Hamma erkaliklaringga,
Chunki seni deganman mangu.
Bil, hech kim urushmaydi sevmasa,
Rashk qilmaydi yo`qotishdan qo`rqmasa.
Bil, men sening zamindagi aksingman,
Sen yaxshi bo`lsang, yaxshingman.
Ayt menga, men yomonday kim chidaydi senga,
Kim sevar menday?
Ayt menga, men kabisin topasan qaydan?
Yomon bo`lsam ham, chin sevaman.
Unutasan sen meni,
Yetti qadam chiqsang uydan,
Yuz qadam ham menga qilmas kor.
Mayli, kechirdim seni,
Olis bo`lib yomon o`ydan,
Men ham boshlasam, bo`lasan xor.
Bil, hech kim urushmaydi sevmasa,
Rashk qilmaydi yo`qotishdan qo`rqmasa.
Bil, men sening zamindagi aksingman,
Sen yaxshi bo`lsang, yaxshingman.
Ayt menga, men yomonday kim chidaydi senga,
Kim sevar menday?
Ayt menga, men kabisin topasan qaydan?
Yomon bo`lsam ham, chin sevaman. (x1+x1)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Jahongir Ibragimov
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 27, 2017