Rayhon va Shaxriyor - So'rama

Rayhon, Shaxriyor

So’rama

[Rayhon]
So`rama, bag`ritoshsan nega bunchalar deb,
Sen meni shunday qilgansan.
So`rama, bag`ritoshsan nega bunchalar deb,
Zolimlikda menga ustoz bo`la olgansan.

[Shaxriyor]
Ha, men aybdorman, tinchlan endi, (tinchlan)
Sen farishtasan, (wow) aybing yo`q seni. (he)
Ayblagin takror-takror,
Bilib qo`y, hammaning o`z haqiqati bor.

Senga farqi yo`q edi, o`ylarding bir o`zingni,
Charchamasding bahslashib, o`tkazarding so`zingni.
Boshqalarning oldida juda ham mehribon eding,
Goh seni taniy olmas edim, niqobi ko`p inson eding.

[Rayhon]
So`rama, bag`ritoshsan nega bunchalar deb,
Sen meni shunday qilgansan.
So`rama, bag`ritoshsan nega bunchalar deb,
Zolimlikda menga ustoz bo`la olgansan.

[Shaxriyor]
Bor, qil bilganingni,
Nima qilaman endi kelganingni?
Yoki oradan yillar o`tib,
Sog`inib qaytdingmi ustimdan kulganingni?

Bu endi qaysi niqobing?
O`qib bo`lingan bil, bu kitobing.
Hamma kirdikorlaring manga ma’lum,
Uzr, o`tmas navbatdagi bobing!

Baxtli qilib ko`rsatardik boshqalarga o`zimizni,
Hamma daxshatga tushardi bilsa, o`, o`, asl yuzimizni.
Tugadi hammasi, mangu so`ngan quyoshsan,
Savolimga javob ber, nega buncha bag`ritoshsan?

[Rayhon]
So`rama, bag`ritoshsan nega bunchalar deb,
Sen meni shunday qilgansan.
So`rama, bag`ritoshsan nega bunchalar deb,
Zolimlikda menga ustoz bo`la olgansan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
So’rama
Xonanda:
Rayhon, Shaxriyor
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2017