Har bir oshiq bog`ga kirsa, bir gul tanlar,
Nolalari qalbiga mos bulbul tanlar.
Odamlarga hayron bo`lmang, odamlarga,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar.
Odamlardan hayron bo`lmang, odamlardan,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar.
Yoshi o`tib sevdim desa, hayron bo`lmang,
Sochidagi oqni sana, deya kulmang.
Zinhor o`tgan yillarni siz hisob qilmang,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Sevmaganlar shirin baxtni qaydan bilsin,
Dili yo`qlar bu ne’matni qaydan bilsin,
Qalbi muzlar muhabbatni qaydan bilsin,
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Qo`rqmay boqing muhabbatning ko`zlariga,
Yuzingizni mahkam bosing yuzlariga,
Quloq tuting Ahad Qayum so`zlariga:
Muhabbat yosh tanlamaydi, ko`ngil tanlar. {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 6, 2017