Yolg’onlarga meni ko’mib
Ketganing menga alamdir.
Ko’zlarimga ko’zing yumib
Ketganing menga alamdir.
Bir bora ortingga qara,
So’nggi lahza ko’ray seni.
Xafa bo’lmasdim o’ldirib
Ketganingda, jonim meni.
Ayriliqqa ko’nmay ilojim yo’q,
Sensizlikka ko’nmay ilojim yo’q.
Mayli mendan ketishni xohlasang,
Seni qaytarishga ilojim yo’q. (x2)
Nima deb aytishga ham bilmadim, xayronman,
Yomon o’zgaribsan, sababin bilmayman.
Shunchaki indamay ketishingga qara,
Shu ishing yaxshimikan, oylagin bir bora?
Soddagina eding, aldashni bilmasding,
Ibodat qiling deb tonglar uyg’otarding.
Endichi, endi yo’q. Hammasi o’yinmidi?
Soddalik senga, jonim, shunchaki niqobmidi?
Xanjaring bo’lsa agar, ko’ksimga ur uni!
Ko’ksimdagi armonlar balki quvilib ketar.
Qoyilman, amin bo’ldim qizlarning makriga,
Sen ham a’zo bo’libsan bevafolar safiga.
Oxirga so’zing hatto yolg’on bilan tugadi,
Safarga ketaman deb o’shanda ham aldading.
Nima kerak aldab, kecha, kunduz, ertalab?
Mayli senga oq yo’l, yurgin o’zingni asrab.
Meni unutib, yuragingga qarshi ketdingmi,
Yoki atayin yuragingga, ayt bo’ysundingmi?
Nahot qalbing qayt yo’lingdan demagan bo’lsa?
Ey tangrim, nega ayt shuni menga ravo ko’rdingmi? (x2)
Ayriliqqa ko’nmay ilojim yo’q,
Sensizlikka ko’nmay ilojim yo’q.
Mayli mendan ketishni xohlasang,
Seni qaytarishga ilojim yo’q. (x2)
Bir-bora ortingga qara…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 11, 2014