Na qildim sango man, yorim, jamolingdin-ey judo qilding, {x2}
Boshimda gardi g`amni chun charog`i osiyo qilding. {x2}
Hamisha kuydurub sham’i firoqing birla jonimni,
Mani parvonani xokistarini zeri po qilding.
Judolig` aylar ekansan-ey, pari Laylivashi Shirin, {x2}
Na deb avval o`zungg`a man g`aribni oshno qilding.
Nigoro, bori g`am birla faqir-u notavon aylab,
Alifdek qomatimni lom alif yanglig` duto qilding.
Judolik osmonidin solib bir barqi olam so`z,
Vujudim xirmanin o`rtab, ado qilding, ado qilding,
O Shirin yor-ay.
O`shal ro`ze: “Bilurmusan mani”, deb aytding, ey yorim,
“Bale”, dedim, sani suydim, baloga mubtalo qilding.
Ayo dilbar, Huvaydodek jafokashni eshiklarda,
Solib ko`zdin benavo, zor-u gado qilding.
Oh jonim, yor-ay…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 21, 2017