Men uchun bahorlar kuz bo`lib qoldi,
Otashin yuraklar muz bo`lib qoldi,
Baxt qushi boshimga qo`nolmay qoldi,
Orzular shunchaki so`z bo`lib qoldi.
Baxt qushi boshimga qo`nolmay qoldi,
Orzular shunchaki so`z bo`lib qoldi.
Armonimsan sen, azobimsan sen,
Qalbim og`rig`i, qiynog`im ham sen,
Yurakdan sevgan insonimsan sen,
Bardosh qilolmagan hijronimsan sen. (x2)
Ollohim, davo ber o`zing dardimga,
Suyanib yashayman yolg`iz o`zingga.
Bu yolg`iz dunyoda yolg`izman endi,
Sevgim meni ketdi endi samoga.
Armonimsan sen, azobimsan sen,
Qalbim og`rig`i, qiynog`im ham sen,
Yurakdan sevgan insonimsan sen,
Bardosh qilolmagan hijronimsan sen.
Armonimsan sen, azobimsan sen,
Qalbim og`rig`i, qiynog`im ham sen,
Yurakdan sevgan insonimsan sen,
Bardosh qilolmagan hijronim ham sen.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 25, 2017