Bojalar guruhi Jo'jalar (Daler, Aziz) - Jiyda qo'shiq matni, lyrics

Bojalar guruhi

Asal jiyda

[Jo’jalar – Daler va Avaz]
Salom Toshkent, qalaysizlar?
Uylanmaganlar bormi? Eshitilmayapti.
Mani otim Jahongir, man “Bojalar” guruhidanman.
Buni oti Mo`min, bu ham “Bojalar” guruhidan,
Bu o`zi unaqa ko`p gapirmaydi.

– Qalay “братишка”?
– Hm, qalaysan, “qattan kevossan”?
– Maktabdan, nima edi?
– O`zi qaysi maktabga qatnaysan?
– Yunusoboddagi maktabga.
– O`-o`-o`.
– O`zingchi?
– E, eski shahardan.
– Iya, assalomu alaykum uka, sunnat bo`lganmisan?
– Voy “конечно”, ko`rsataymi?
– Yo`q, shartmas. Unda boja ekanmizda?
– Iya, qanaqasiga?
– Hozir ko`rasan.

Erta bahor yomg`irlar yog`ganda,
Ko`cha-atrof gullar bilan to`lganda,
Ertalabdan magazindan qaytarman,
Kecha yozgan ashulamni aytarman.

Bir go`zal qiz turar edi bekatda,
Qani men ham paydo bo`lsam o`shatda.
Qo`limda non, sochlarim bir ahvolda,
Usti-boshim ham achinarli bir holda.

Bahor kelib, jiyda gullaganda,
Asalari qo`nar ekan gullarga.
Sevgi humor, salom sevishganlarga,
Ishlar qalay, “привет” jononalarga.

“600” mersim bo`lganida mani,
Manziliga eltardim bu qizchani.
Aylantirib mashinamda yurardim,
Signal chalib, ko`chalarni kezardim.

Lekin afsus hatto hushtagim yo`qdur,
Buzuq moped, “до мерса мне” uzoqdur.
Qizning ko`zi qandaydir bir kitobda,
Sho`r peshonam yaltiraydi oftobda.

Bahor kelib, jiyda gullaganda,
Asalari qo`nar ekan gullarga.
Sevgi humor, salom sevishganlarga,
Ishlar qalay, “привет” jononalarga.

[Bojalar guruhi]
U, o`, u-o`-u, o`-o`-o`-o`,
U, o`, u-o`-u, o`-o`-o`-o`. (x2)
Nan-nari, na-nari, nari-nana. {x4}

[Jo`jalar]
Bahor kelib jiyda gullaganda,
[Bojalar guruhi]
Nan-nari, na-nari, nari-nana.
[Jo`jalar]
Sevgi humor, salom sevishganlarga,
[Bojalar guruhi]
Nan-nari, na-nari, nari-nana.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Asal jiyda
Xonanda:
Bojalar guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 21, 2017