Hoy akajon, manga bir qarang,
Baxtim ketmasin arang.
Fe’llarim mani tarang,
Voy, o`jarman.
Shartlarim bor, bor,
Ozgina ovorasi ham bor.
Ha nima, bir kunlik to`y, o`tadi ketadi,
Hammasi zo`r bo`ladi.
To`y qilamiz yozning issiq chillasida,
To`yxonaning kattasida, ayni “sezon” pallasida.
Siz bo`lasiz kostyum-shimning “doda”sida,
Man esa oq ko`ylak, so`nggi “moda”sida.
Brend bu, brend!
Yuzta odam siz ayting,
Yuzta odam man aytay.
Katta to`yning so`ngida
“Limuzin”larda qayting.
To`yimizning shov-shuvi
Yetti mahallaga yetar.
To`yxona kattaroq bo`lsa,
Shunda hammaga joy yetar.
To`y qilamiz yozning issiq chillasida,
To`yxonaning kattasida, ayni “sezon” pallasida.
Siz bo`lasiz kostyum-shimning “doda”sida,
Man esa oq ko`ylak, so`nggi “moda”sida. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 21, 2017