Besh qo`l barobar emas,
Odamlar bir xil emas.
Do`st berganin hech qachon
Dushmanim bera olmas.
Do`stlar ko`paygan sari
Raqiblar ko`ra olmas.
Bugun sog`man, salomat,
Siz bor uchun do`stlarim.
Doim yonimda turgan,
Men kulganimda kulgan,
Yiqilsam, tirgak bo`lgan
Siz o`zingiz, do`stlarim.
Xatolarim birma-bir
Doim yuzimga aytgan,
Kuysam, yurakdan kuygan,
Siz o`zingiz, do`stlarim.
Jon do`stlarim, jon do`stlarim,
Ham qadrdon do`stlarim,
Boringizga ming shukurlar,
Chin mehribon do`stlarim. (x2)
Sizlar bor uchun yana
O`zimning qadrim sezdim.
Va odamlarni yana
Jon-u dilimdan sevdim.
Sizlarsiz baxtli kunlar
Topmasligim bildim.
Barchasi sizlar bilan,
Chin qadrdon do`stlarim.
Yig`ladim sizni izlab,
Raqib qo`lida bo`zlab,
Zor bo`lib izingizga,
Qoru-yomg`irda muzlab.
Kerak bo`lsa so`kkanni
Doim yurdim sizlab.
Endi sog`man, salomat,
Siz bor uchun, do`stlarim.
Jon do`stlarim, jon do`stlarim,
Ham qadrdon do`stlarim.
Boringizga ming shukurlar,
Chin mehribon do`stlarim. (x2)
Yaxshilik qilib qo`yib,
Bildirmadingiz aslo.
Yuraverdim, bilmadim,
Boshga kelmadi g`avg`o.
Oxiri bilsam, do`stlar,
Qoldirmabsiz muammo.
Sizlar bor – keldi omad,
Bor bo`lingiz, do`stalrim.
Doim yonimda turgan,
Men kulganimda kulgan,
Yiqilsam, tirgak bo`lgan
Siz o`zingiz, do`stlarim.
Xatolarim birma-bir
Doim yuzimga aytgan,
Kuysam, yurakdan kuygan
Siz o`zingiz, do`stlarim.
Jon do`stlarim, jon do`stlarim,
Ham qadrdon do`stlarim.
Boringizga ming shukurlar,
Chin mehribon do`stlarim. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 2, 2017