[Ulug`bek Rahmatullayev]
Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`im gul qizlarjon
Nazariga ilmadi. (x2)

Ko`cha-ko`yda kalta-kulta,
Ochiq kiyim toshadi,
Buni ko`rib mening xunobim,
Haroratim oshadi. (x2)

Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`im gul qizlarjon
Nazariga ilmadi. (x2)

[Iroda Iralieva]
Parvo qilmay ketavering
Siz akajon yo`lingizdan.
Uzun ko`ylak olib berish
Kelarmidi qo`lingizdan? (x2)

Mini yubka, kalta ko`ylak
Uyda kiysa yarashar,
Qizlar kiyim tanlaganda
Zamonga ham qarashar.

Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`ingiz qizlarjon
Nazar-pisand ilmadi.

Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`ingiz qizlarjon
Nazariga ilmadi.

[Ulug`bek Rahmatullayev]
Go`zal qizlar, go`zalsiz
Asli milliy libosda.
Sharqona husningizga
Butun dunyo havasda.

Zo`r ish bo`lur g`archa yurish-
Turishingiz qo`ysangiz,
Ko`zlarimiz quvnar edi
Uzun libos kiysangiz.

Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`im gul qizlarjon
Nazariga ilmadi. (x2)

[Iroda Iralieva]
Hazil bilan kuylabsizda
Yigitlarning dardini,
Topish qiyin bo`lib qoldi
Hozir sizdek mardini. (x2)

Mini yubka kiysak, kelsa
Bo`z yig`tlarning ori,
O`zlarida ko`rinmaydi
Qani do`ppi, belbog`i? (x2)

O`zlarida ko`rinmaydi
Qani do`ppi, belbog`i?

Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`ingiz qizlarjon
Nazar-pisand ilmadi.

Mini yubka tanqid edi,
Afsus ta’sir qilmadi.
Yo qo`shig`ingiz qizlarjon
Nazariga ilmadi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mini yubka 2
Xonanda:
Iroda Iraliyeva, Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2017