Bu taqdirning qo`llarida,
Inson hayot yo`llarida,
Kulib turgan omadidan
Ayrilgani yomon ekanda.
Yo`qlab kelmas biror kishi,
Tobora ortar tashvishi,
Kecha oson bitgan ishi
Bitmay qolsa, yomon ekanda.
Kecha seni qilib e’zoz,
Poyingga bo`lib poyandoz,
Bugun o`shal masxaraboz
Pand bergani yomon ekanda.
Bu taqdirning qo`llarida,
Inson hayot yo`llarida,
Kulib turgan omadidan
Ayrilgani yomon ekanda.
Yomon, yomon, yomon ekanda,
Yolg`iz qolish yomon ekanda.
Yomon, yomon, yomon ekanda,
Omad ketsa, yomon ekanda.
Quloq solmay do`st so`ziga,
Kecha urganding yuziga,
Hol so`rab kelsa, ko`ziga
Qarolmasang, yomon ekanda.
Kecha ho`b zamon ekanda,
Hamma sen tomon ekanda,
Bugun xatolaring sanab,
Afsus qilsang, yomon ekanda.
Ko`ngil emas hamyonga yor,
Kelgan davr-u davronga yor,
Davring ketsa, o`sha nigor
Sendan qochsa, yomon ekanda.
Haqqa ayon qilg`ilig`i,
Iymon buzar goh qilig`i,
Yor deganing u bor-yo`g`i
Dilsiz chiqsa, yomon ekanda.
Kuyinma ko`p dilim aslo,
Bu shundayin g`alat dunyo.
Gar “Ol, qulim”, desa Xudo,
Egik boshing osmon ekanda.
Yomon, yomon, yomon ekanda,
Yolg`iz qolish yomon ekanda.
Yomon, yomon, yomon ekanda,
Omad ketsa, yomon ekanda.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 1, 2018