Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)
Muhabbatdan o`t yoqding,
Gulxaningda kul bo`ldim.
Sevgi degan qasrning
Orasida qul bo`ldim.
Sevgi agar shu bo`lsa,
Man uning gadosiman.
Agar sevgi ko`r bo`lsa,
Man uning adosiman.
Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)
Qaro qilma kunimni,
Yaro qilma dilimni.
Kel qiynamay, kelaqol,
Hamdardlashib dilimni.
Kuylab, kuyib adodir,
Shirin so`zing navodir.
Kel, qiynamay kelaqol,
Sensiz dunyo qarodir-ey.
Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)
Shaydo bo`ldim… Ado bo`ldim…
Shaydo bo`ldim-ey… Ado bo`ldim-ey…
Shaydo bo`ldim-ey gap so`zingga,
Ado bo`ldim-ey, yor o`zingga. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 11, 2018