Qancha kun, qancha yillar
Kezib qancha o`lkalar,
Topmadim senday go`zalni
Men bu dunyoda.
Men orzu qilgan kunni,
Olib keldi quvonchni,
Qachonki seni, jonginam,
Men ko`rganimda.
Sevgi bor yuragimda,
Sog`inch to`la qalbimda.
Jonim, meni qiynama,
Kelgin yonimga.
Ko`zlaringni yashirma,
Yo`q degani shoshilma,
Axir sen bir umrga
Keraksan menga, sen menga.
Oyning nurlari tunda
Uyqu bermaydi menga,
Visoling ko`z oldimdan
Ketmaydi sira.
Yurakdagi tuyg`ular,
Qalbimdagi orzular,
Jonginam, sen haqingda,
Ishongin menga.
Sevgi bor yuragimda,
Sog`inch to`la qalbimda.
Jonim, meni qiynama,
Kelgin yonimga.
Ko`zlaringni yashirma,
Yo`q degani shoshilma,
Axir sen bir umrga
Keraksan menga, sen menga. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 26, 2018