Humoyun Mirzo - Kerak emas shafqating qo'shiq matni, lyrics

Humoyun Mirzo

Kerak emas shafqating

Osmon qadar mehrini ko`zga ilmading,
Sevgimni, qadrimni afsus bilmading.
Eh, sen qadri tuproq, peshonasi sho`r,
Bo`la olsang, endi baxtli bo`lib ko`r.

Sevgilim, suyganim-ey,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.

Ey, qorong`u o`tmishim mening,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.

Qara men ham kulyabman,
Kerak emas shafqating.
Endi mensiz, firoqda
Yig`lash sening navbating. (x2)

Sog`inmay ham qo`ydim, bevafoginam,
Nozli qaroshingni, qalam qoshingni.
Endi artib charchama ko`z yoshingni,
Yolg`onlaring oxir egdi boshingni.

Sevgilim, suyganim-ey,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.

Ey, qorong`u o`tmishim mening,
Muhabbatni qilding uvol.
Ne sabab “alvido” deding?
Mayli yor, bor, ketaqol.

Qara men ham kulyabman,
Kerak emas shafqating.
Endi mensiz, firoqda
Yig`lash sening navbating. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Sanjar Shohga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kerak emas shafqating
Xonanda:
Humoyun Mirzo
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 30, 2018