Ko`nglingni topaman deb ko`p urinaman,
Haddimga sig`maganiga boraman.
Yor deganiga farqi yo`q,
Haliyam o`sha beparvo.
Ko`nglingni topaman deb urinaman,
Nima qilsam ham, negadir yoqmayman.
Ko`prikdan o`tmoqda tinmasdan,
Bu holim o`shani deb bedavo.
Tut, tut, tu,
Shartimga nega ko`nmaydi u?
Yuragimni ezdi shu qora ko`z.
Turutu, turutu, tu,
Dardimni bilmaydi u,
Yetib ortadi bizga bir shirin so`z.
Choyxonada sayrar xushovoz bedana,
Yuragimni naqd etib ming pora.
Ko`ngil qo`yib, vayron bo`ldim man bechora,
Holatim yordan holi, begona-begona.
Ko`rganda hayajondan gapim qovushmas,
“A, B” deganidan ham nari o`tmas.
Hech bo`lmasa suhbatni sen
Boshlasang nima bo`lardi?
Ko`rganda hayajondan gap qovushmas,
Repetitsiya qilsam ham o`xshamas.
Ey, yoningga kelib dovdirayverish
Jonga tegib ketdiyu, ha yoki yo`q desangchi!
Tut, tut, tu,
Shartimga nega ko`nmaydi u?
Yuragimni ezdi shu qora ko`z.
Turutu, turutu, tu,
Dardimni bilmaydi u,
Yetib ortadi bizga bir shirin so`z.
Choyxonada sayrar xushovoz bedana,
Yuragimni naqd etib ming pora.
Ko`ngil qo`yib, vayron bo`ldim man bechora,
Holatim yordan holi, begona-begona. (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.