Ko`chalarga suv sepaman saharda,
Yor o`tsa, oyog`i chang bo`lmasin deb.
Xat yozaman bo`lsam agar safarda,
Yor sog`insa, ko`ngli o`ksimasin deb. (x2)
Gullarni xush ko`rishimni biladi,
Qo`lida guldasta bilan keladi. (x2)
Yorginamni ko`rsam, ko`nglim to`ladi,
Salom deyman, yot “salom” demasin deb. (x2)
Ko`chalarga suv sepaman saharda,
Yor o`tsa, oyog`i chang bo`lmasin deb.
Xat yozaman bo`lsam agar safarda,
Yor sog`insa, ko`ngli o`ksimasin deb.
Sochimga tol popuklar taqqanimda,
O`sma ezib, qoshimga qo`yganimda, (x2)
Yorim suygan libosni kiyganimda,
Hovlimda kutaman rashk qilmasin deb. (x2)
Ko`chalarga suv sepaman saharda,
Yor o`tsa, oyog`i chang bo`lmasin deb.
Xat yozaman bo`lsam agar safarda,
Yor sog`insa, ko`ngli o`ksimasin deb. (x2)
Yor sog`insa, ko`ngli o`ksimasin deb… {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 13, 2018