Kim ko`rubdur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`,
Kimki ondin yaxshi yo`q, ko`z tutma ondin yaxshilig`.

Bu zamonni naf’y qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko`rmadim hargiz, netayin, bu zamondin yaxshilig`. {x2}

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko`ngluma, {x2}
Kelmadi jonimg`a hech oromi jondin yaxshilig`. {x2}

Ey ko`ngul, chun yaxshidin ko`rdung yomonlig` asru ko`p,
Emdi ko`z tutmoq ne, ya’ni har yamondin yaxshilig`. {x2}

Bori elga yaxshilig` qilg`ilki, mundin yaxshi yo`q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig`.

Yaxshilig` ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko`rubdur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`? (x2)

Kim ko`rubdur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yaxshilig’
Xonanda:
Ma'murjon To'xtasinov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 15, 2018